“MILLIY GVARDIYA – MILLAT MANFAATLARI HIMOYASIDA”

“MILLIY GVARDIYA – MILLAT MANFAATLARI HIMOYASIDA”

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil etilganligining 8 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetida “Milliy gvardiya – millat manfaatlari himoyasida” nomi ostida tantanali marosim o‘tkazildi. Tantanali marosimda bir qator mutasaddi tashkilotlaridan, jumladan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Hayitov Hushvaqt Saparbayevich, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa axborot kommunikatsiya texnologiyalari va Aloqa harbiy texnika instituti boshlig‘i Rahimov Bahtiyor Ne’matovich, O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Akademiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Rajabov Bahtiyor Almaxmatovich hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi Akademiyasi boshlig‘i Mamasiddiqov Muzaffar Musajonovichlar tashrif buyurdilar. Ushbu marosimda dastlab, shaxsiy tarkibga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil etilganligining 8 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya qo‘mondoni tabrigi o‘qib yetkazildi. So‘ngra, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni hamda Universitet boshlig‘ining “Shaxsiy tarkibni rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i shaxsiy tarkibga o‘qib yetkazilib, bir qator universitet harbiy xizmatchilari munosib rag‘batlantirildi. Marosim yakunida esa universitet harbiy orkestr jamoasi hamda ansambli tomonidan tayyorlangan vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlar bilan ushbu tantanali marosim ko‘tarinki ruhda o‘z yakuniga yetdi.

531
Chop etish
Text to speech