Ma’lumki, xotira va qadr, ajdodlar ruhiga hurmat xalqimizning eng oliy fazilatlaridan biri hisoblanadi. О‘zbek xalqi vatani, xalqining farovonligi, tinchligi yо‘lida jonini fido etgan farzandlarini hech qachon unutmaydi. Shu boisdan mamlakatimizda ikkinchi jahon urushida halok bо‘lgan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularni xotirlash va qadrlashga alohida e’tibor qaratiladi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish tо‘g‘risida”gi PF-65-son farmoniga muvofiq 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 20 million sо‘mdan bir martalik pul mukofoti berilishi belgilandi. Mazkur sana urush va mehnat frontida jasorat kо‘rsatgan nuroniylarimizni yodga olish uchun о‘ziga xos an’anaga aylangan. О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida ham 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan keng miqyosdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etib boriladi. Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi tashabbusi bilan О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash markazida “Mehr qо‘llarini uzataylik” shiori ostida о‘tkazildi. Jamoat xavfsizligi universiteti 2 va 4-kursantlar batalyoni, Magistratura va Harbiy orkestr bilan hamkorlikda Toshkent shahar ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash markazi “Madaniyat va ma’rifat maskani”da tashkil etilgan madaniy tadbirda professor-о‘qituvchilar, tinglovchi-kursantlar, markaz nuroniylari, “Alvon beretlar” badiiy jamoasi ishtirok etishdi. Tadbirda Universitet kursantlaridan iborat qurolli guruh tomonidan amalga oshirilgan safona chiqishlar, Orkestr va “Alvon beretlar” badiiy jamoasi tomonidan ijro etilgan kuy-qо‘shiqlar hamda davomli raqslar nuroniy otaxon va onaxonlarga bayramona kayfiyat bag‘ishlash bilan birga, ularning maroqli madaniy hordiq chiqarishlariga sabab bо‘ldi. Konsert dasturi yakunida markazdagi ayrim nuroniylarning yashash joylariga tashrif buyurilib, Jamoat xavfsizligi universiteti rahbariyatining esdalik sovg‘alari va bayram tabriklari topshirildi.