Maktab oʻquvchilarida vatanparvarlik tuygʻusini mustahkamlash, jinoyatchilikni oldini olis…

Maktab oʻquvchilarida vatanparvarlik tuygʻusini mustahkamlash, jinoyatchilikni oldini olish va huquqiy savodxonlikn…

Joriy yil 12-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan yigʻilishida yoshlarni vataparvarlik ruhida tarbiyalash tizimini tubdan takomillashtirish, yoshlarda vatanga dahldorlik hissini yanada mustahkamlash, ularni xorijiy tillarni oʻrganishga yoʻnaltirish, kasb tanlash koʻnikmalarini mustahkamlash, davlatimizda olib borilayotgan islohotlarga dahldorlik hissini oshirish, yaratilayotgan sharoitlardan maqsadli va unimli foydalanish borasida muhim topshiriqlar berildi. Joriy yilning 5 fevral kuni Prezident raisligida oʻtgan Ijtimoiy sohalardagi islohotlar va muammolar boʻyicha selektor yigʻilishida Milliy gvariyaga Respublikadagi maktablarga biriktirilgan inspektor-psixologlar shtati oʻtkazildi. Oʻtgan vaqt mobaynida Milliy gvardiya tomonidan maktablardagi davomat 97 foizgacha etkazildi. Shu kabi vazifalardan kelib chiqib Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan joriy yilning 8 aprel kunidan Olmazor tumanidagi umumta'lim maktab oʻquvchilarida vatanparvarlik tuygʻusini mustahkamlash, jinoyatchilikni oldini olish va huquqiy savodxonlikni mustahkamlashb ularda motivatsion muhitni mustahkamlash maqsadida oʻquv yigʻinlarii oʻtkazila boshlandi. Oʻquv yigʻinidagi dars ma'ruzalari davomida yoshlarni vatanparvarlik ruhiyatini mustahkamlash borasida 10-9-sinf oʻquvchilari uchun “Zamondosh qahramonlar”, “Jadidlar merosi” mavzularida, 6-10 sinf oʻquvchilari uchun jinoyatchilikni oldini olish, huquqiy savodxonlik boʻyicha, barcha sinflarda psixologik treninglar tarzidagi ma'ruzalar davomida “Nima yaxshi, Nima yomon?”, “Bolalikdan oʻsmirlikka”, “Oʻsmirlik psixologiyasi” kabi mavzularda interaktiv dars mashgʻulotlari oʻtkazildi. Dars mashgʻulotlari davomida Olmazor tumani 134, 15-maktablarining mingga yaqin oʻquvchilari qamrab olindi. Darslar davomida yoshlarga bugungi kunda yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib zamonamiz qahramoniga aylangan yoshlar hayoti, yurtimizda oʻz davrining Renessansini yaratishga intilgan jadid allomalarning merosi haqida, yoshlar orasida jinoyat tushunchasini tushuntirish boʻyicha, oʻquvchilarda vatan tuygʻusini mustahkamlash borasida davlat ramzlariga hurmat ruhini mustahkamlash boʻyicha muhim ma'lumotlar yetkazildi. Oʻquv mashgʻulotlarida qatnashgan oʻquvchi yoshlar tomonidan berilgan savollar asnosida ularni bugun yoshlarga yaratilgan keng imkoniyatlardan foydalanib horijiy tillarni oʻzlashtirish, oliygohlarga kirish, fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritish, kasb tanlash kabi muhim yoʻnalishlarda maslahat va amaliy koʻnikmalar berildi. Oʻquv mashgʻulotlari Olmazor tumanining barcha maktablarida, qolaversa Toshkent shahrining qator maktablarida oʻtkazilishi belgilangan.

 

 

 

 

 

317
Chop etish
Text to speech