Jamoat xavfsizligi universiteti Maxsus taktik-tayyorgarlik va jangovar qo‘llash kafedrasi professor o‘qituvchilari va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi mutaxassislari bilan hamkorlikda Universitet 1-bosqich kursantlari shaxsiy tarkibi bilan Qurolli Kuchlar Akademiyasi dala o‘quv maydonida “Ekstremal sharoitlarda yashovchanlik taktikasi mavzusida tajriba almashildi. Amaliy mashg‘ulotda. Tog‘li, to‘qayzor, o‘rmonli, cho‘lli hududlarda iste'molga loyiq suv topish. Ekstremal sharoitlarda qo‘l bola usullardan foydalanib suvni tozalash. Mexanik, fizik va kimyoviy usullarda olov yoqish. Tabiiy sharoitlarda ov qilish maqsadida qo‘lbola qurollar tayyorlash. Ekstremal sharoitlarda o‘zini himoya qilish maqsadida qo‘lbola qurol vositalarini tayyorlash va ulardan foydalanish masalalariga bag‘ishlangan amaliy mashg‘ulot tashkil etildi. O‘tkazilgan ushbu amaly mashg‘ulotlar kelgusida harbiy xizmatchilarning jismoniy va jangovar shayligini oshish bilan bir qatorda ahloqiy-ruhiy tomonlama chiniqishlariga ham xizmat qiladi.