Joriy yilning 5-noyabr kuni Universitet “Pasport tizimini huquqiy ta’minlash” yo’nalishi 3-bosqich kursantlariga Toshkent shahrining Chilonzor, Uchtepa, Yunusobod va Olmazor tumanlari “Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish” bo’limlarida “Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’linmalarining ma’muriy yurisdiksion faoliyati” fanidan dual ta’lim mashg‘ulotlari tashkil etildi. Dual ta'lim jarayonida kursantlar ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarga vakolatli organlar va ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni yuritish mavzulari doiarasidagi universitetda olgan nazariy bilimlarini Chilonzor, Uchtepa, Yunusobod va Olmazor tumanlari IIO FMB “Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish” bo’limlarining ko’p yillik amaliy tajribaga ega xodimlari tomonidan bevosita fuqarolar bilan ishlash jarayonida yanada mustahkamladi. Mashg’ulotlar mobaynida kursantlar bevosita IIOga ma’muriy huquqbuzarliklar yuzasidan murojaat qilgan fuqarolarga nisbatan yuritiladigan protsessual hujjatlar bilan tanishib, ularni to’ldirish bo’yicha ham amaliy ko’nikmalarga ega bo’ldi.