Kursantlar dala-o'quv mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda

Kursantlar dala-o'quv mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti bakalavriat fakulteti 3-bosqich kursantlari bilan joriy yilning 22-27 aprel kunlari Chirchiq dala-o'quv maydonida dala-chiqish mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda. Dala-chiqish davomida kursantlar zamonaviy qurolli mojarolarda boʻlinmalarning harakatlanish taktikasi, jangovar ta’minotni amalga oshirish, jangovar texnikalarni murakkab sharoitlarda boshqarish, kunduzi va tunda oʻq otish mashqlarini bajarish, dala sharoitlarida joylashish, kunduzi va tunda uzoq masofalarga marsh olib borish hamda navigatsiya vositalari yordamida harakatlanish kabi mavzular boʻyicha bilim va koʻnikmalarini takomillashtirmoqdalar. Barcha amaliy mashgʻulotlar dunyoda boʻlib oʻtayotgan qurolli mojarolar tajriblarini inobatga olgan holda tashkillashtirilib, dushmanga talofat yetkazish, uning talofat yetkazuvchi vositalaridan, shu jumladan uchuvchisiz uchish vositalaridan himoyalanish boʻyicha eng ilgʻor usullar oʻzlashtirilmoqda.

208
Chop etish
Text to speech