Kursantlar dala o‘quv mashg'ulotida

Kursantlar dala o‘quv mashg'ulotida

Qurolli Kuchlar tizimida amalga oshirilayotgan davlat siyosati negizida jismonan, ma’naviy jihatdan sog‘lom bo‘lgan, hech kimdan kam bo‘lmasdan, Vatanimizning taqdiri va istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir ofitser-kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifalardan biridir. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti 2-kursantlar batalyoni kursantlar shaxsiy tarkibi bilan Qurolli Kuchlar Akademiyasi dala o‘quv maydonida tashkil etilgan navbatdagi o‘quv yig‘ini amalga oshirilayotgan islohotlarning yana bir yorqin isbotidir. O‘quv yig‘iniga jalb etilgan kursantlar shaxsiy tarkibiga o‘quv yig‘inining maqsadi va vazifalari tushuntirib o‘tildi. Kursantlar shaxsiy tarkibi amaliy-ko‘rgazmali mashg‘ulotlar davomida olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqda. Bu esa o‘z navbatida kursantlarimizni zamonaviy harbiy bilim va ko‘nikmalarni puxta egallashlariga, axloqiy-ruhiy chidamliligini oshirishga hamda Vatanga sodiq xizmat qilish ruhida tarbiyalanishlariga xizmat qiladi.

 

 

 

 

183
Chop etish
Text to speech