Joriy yilning 28-noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti "Maxsus vazifalarni bajarish qo‘shinlarining qo'mondonlik-taktik faoliyati" 3-kursantlar batalyoni 7-kursantlar vzvodi 371b-o‘quv guruhi shaxsiy tarkibi bilan Zangiota tumani 9-o‘rta ta’lim maktabida "Umumiy o'rta ta'lim maktablarida sodir bo'lish ehtimoli yuqori bo'lgan favqulotda holatlarda maktab rahbariyati va huquqni muhofaza qilish organlarining harakatlarini muvofiqlashtirish" mavzusida hamkorlikdagi amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. Mashg‘ulotga Toshkent viloyati Zangiota tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig‘i, Zangiota tumani katta inspektor psixologi. Zangiota tumani 9-maktab inspektor psixologi, Toshkent viloyati Zangiota tumani FVB inspektori va Toshkent viloyati Zangiota tumani Bo‘ston MFY yoshlar yetakchilari qatnashdi. O‘tkazilgan amaliy mashg‘ulot, ta'lim oluvchilarning favqulodda holatlarda ko'nikmasi va kompetensiyalarni shakllantirish va takomillashtirishga xizmat qiladi.