Konstitutsiya – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori

Konstitutsiya – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori

Joriy yilning 5-dekabr kuni Jamoat xavfsizligi universitetida  Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani doirasida “Konstitutsiya – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” shiori ostida “Bilimlar bellashuvi” o‘tkazildi. Ushbu bellashuvda Universitet 1-bosqich kursant va talabalaridan tashkil etilgan 10 ta jamoa ishtirok etdi va Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan iborat hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.  Ishtirokchilar turli darajadagi savol va topshiriqlar orqali o‘z bilimlarini sinadilar hamda yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Eng topqir va zukko jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

279
Chop etish
Text to speech