"Vatanning sodiq yoshlari" oʻquv yigʻini ishtirokchilarining har biriga maxsus sertifikatl…

"Vatanning sodiq yoshlari" oʻquv yigʻini ishtirokchilarining har biriga maxsus sertifikatlar topshirildi

Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati barcha ijtimoiy islohotlarning eng muhum yoʻnalishiga aylandi. Yoshlarni vatanparvarlik, jamiyat hayotiga dahldorlik, qonunga hurmat ruhida tarbiyalash va ularni kasb tanlashga yoʻnaltirish bu islohotlarning eng muhim omillari hisoblanmoqda. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024 yil 12 yanvar kunidagi xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan yigʻilishida jamiyatimizda, yoshlarimiz orasida harbiy-vatanparvarlikni mustahkamlash, yoshlarni bandligini ta'minlash va ularni kasbga yoʻnaltirish, ularda sogʻlom dunyoqarashni shakllantirish boʻyicha muhim topshiriqlar berib, uyushmagan yoshlarni nomma – nom biriktirish va ular bilan ishlash boʻyicha harbiy va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga - toʻrt sektor boʻyicha biriktirilishi belgilandi. Shuningdek, shunday yoshlar toifasining besh ming nafarini Milliy gvardiya tasarrufidagi Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan vatanparvarlik, jamiyat hayotiga dahldorlik, qonunga hurmat ruhida tarbiyalash va kasbga yoʻnaltirish boʻyicha oʻqitish va tarbiyalash belgilandi. Ushbu vazifalarni bajarish maqsadida 2024 yil 9-11 iyul kunlari Namangan va Andijon viloyatining ikki yuzdan ortiq uyushmagan yoshlar “Vatanning sodiq yoshlari” oʻquv yigʻiniga jalb etildi. Oʻquv yigʻini davomida yoshlar harbiy kiyim-kechak, oziq-ovqat va transport ta'minoti bilan toʻliq ta'minlandi. Hududlarda oʻtkazilgan oʻquv yigʻinlari davomida yoshlarga harbiycha safda yurish qoidalari, huquqiy savodxonlik saboqlari, harbiy-vatanparvarlikning ustuvor yoʻnalishlari, oʻq otish tayyorgarligi saboqlari, ommaviy qirgʻin qurollaridan himoyalanish, chavandozlik mahorati saboqlari, togʻ balandlikka chiqish kabi har bir yigit uchun hayotda zarur boʻladigan oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi. Viloyatlar hokimliklari va Bandlik va kambagʻallikni qisqartirish boshqarmalari bilan hamkorlikda oʻquv yigʻini ishtirokchilari uchun boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalari tashkil etilib, yigʻin ishtirokchilarining yigirmaga yaqini shunday ish oʻrinlariga joylashadigan boʻldi. Shuning joylardagi oʻquv yigʻinlari davomida yoshlarni intellektual salohiyatini oshirish, ularni bilim olishga qiziqtirish maqsadida yoshlar jamoalari oʻrtasida “Zakovat” oʻyinlari, sogʻlom turmush tarzini mustahkamlashga xizmat qiladigan futbol musobaqalari tashkil qilindi. Oʻquv yigʻini soʻngida ishtirokchi yoshlarning har biriga maxsus sertifikatlar taqdim qilindi. Yoshlar orasida harbiy xizmatni tamomlagan va sport sohasida yutuqlarga erishganlaridan Milliy gvardiya boshqarmasi tomonidan ishga qabul qlish boʻyicha arizalari qabul qilindi va kelajakda Milliy gvardiya saflariga olinadigan boʻldi. Namangan va Andijon viloyati Yoshlar ishlari agentligi, Milliy gvardiya boshqarmalari bilan hamkolrlikda Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan oʻtkazilgan “Vatanning sodiq yoshlari” oʻquv yigʻinlari yoshlarda vatanga dahldorlik hissini oshirishga, ularni oʻz kasb-koriga ega boʻlishga, harbiy xizmat va harbiy ta'limga qiziqishini yana bir karra oshirishga xizmat qiladi. Shunday oʻquv yigʻinlari orqali yil davomida besh mingga yaqin yoshlarni oʻqitish va tarbiyalash maqsad qilingan.

1588
Chop etish
Text to speech