O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni o‘rinbosarining 2025-yil 12-fevraldagi 9-son farmoishiga asosan, joriy yilning 17-19-fevral kunlari Jamoat xavfsizligi universiteti professor – o‘qituvchilari tomonidan Milliy gvardiya inspektor-psixologlari bilan onlayn o‘quv-uslubiy yig‘in o‘tkazildi. O‘quv – uslubiy yig‘inda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olshp tizimi samaradorligini yanada opshrish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori, shuningdek, 2025-yil 6-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi O‘RQ-1024-son Qonuni mazmuni va mohiyati hamda ularning ijrosi yuzasidan (katta)inspektor-psixologlarga ma’muriy amaliyot bo‘yicha berilgan vakolatlari, ularning huquqiy bilimlarini oshirish, kasbiy mahorati va mutaxassislik tayyorgarligi bo‘yicha tushintirishlar berildi. Mashg‘ulotlar davomida (katta)inspektor-psixologlar “Milliy gvardiya organlari bayonnoma rasmiylashtirish vakolati bo’lgan ma’muriy huquqbuzarliklar va ular bo’yicha ish yuritish tartibi”, “Milliy gvardiya organlariga taalluqli bo‘lgan ma’muriy huquqbuzarliklar, qonunga asosan Inspektor psixologlarga berilgan vakolatlar”, “Bolalar va oilalar bilan ijtimoiy ishlarni tashkil etishning psixologik xususiyatlari” bo’yicha bilimlarini yanada mustahkamlashdi. Bu kabi mashg‘ulotlar (katta) inspektor-psixologlarning nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash hamda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini takomillashtirsh kelgusi xizmat faoliyatlarida ijobiy natijalarga erishishlariga xizmat qiladi.