Joriy yilning 1 may kunidan respublikamizning barcha hududlarida Mudofaa ishlari boʻyicha boshqarmalarida Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga oʻqishga kirish istagini bildirgan nomzodlar uchun dastlabki tanlash jarayonlari boshlandi. Xususan, Sirdaryo viloyatida dastlabki tanlash jarayonlari nomzodlarni individual-psixologik oʻrganish va umumjismoniy tayyorgarlik koʻrganligini baholash boʻyicha Universitetda tuzilgan komissiya tarkibidagi polkovnik Z.Abdullayev, podpolkovnik Sh.Akramova, xizmatchi M.Karimovalar tomonidan amalga oshirilmoqda. Dastlabki tanlash jarayonlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 avgustdagi 500-son Qarorida belgilangan talablarga amal qilingan holda hamda kamera kuzatuvi va shaffoflik prinsipi asosida oʻtkazilmoqda.