Jamoat xavfsizligini ta’minlashda profayling va profayler amaliyoti

Jamoat xavfsizligini ta’minlashda profayling va profayler amaliyoti

2025-yil 29-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida “Jamoat xavfsizligini ta’minlashda profayling va profayler amaliyoti: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bо‘lib о‘tdi. Ilmiy-amaliy anjumanda mahalliy va hamkor xorij oliy ta’lim muassasalari professor-о‘qituvchilari, О‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi faoliyatini psixologik ta’minlash markazi hamda joylardagi psixolog-mutaxassislari bevosita va onlayn tarzda ishtirok etdilar. Konferensiya jarayonida olimlar va amaliyot mutaxassislari “Profayling texnologiyalari”, “Amaliyotdagi muammolar” “Xalqaro tajriba” yо‘nalishlarida о‘z chiqishlarini amalga oshirdilar hamda qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardilar. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya якунларига кўра, jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida profayling amaliyotini yanada takomillashtirish bo‘yicha ilgari surilgan taklif va tavsiyalarni о‘z ichiga olgan tezis hamda maqolalardan iborat konferensiya materiallari tо‘plami nashr etiladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

1009
Chop etish
Text to speech