Jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatida psixologik xizmat istiqbollari

Jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatida psixologik xizmat istiqbollari

Joriy yilning 14-15-fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent M.L.Saipova “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” yo‘nalishidagi 3-kurs 121 A va B guruhi kursantlarining Toshkent shahar IIBB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi (JTSB) da “Jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatida psixologik xizmatni tashkil etish va psixologik maslahat” fanidan “Jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatida psixologik xizmat istiqbollari” mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tishini tashkillashtirdi. Toshkent shahar IIBB JTSBda amaliy mashg‘ulot o‘tagan kursantlar dastlab IIBB JTSB navbatchilik qismi faoliyati bilan tanishishdi, podpolkovnik Z.Taylanov Toshkent shahar IIBB JTSB Maxsus muassasalar faoliyatini tashkil etish bo‘linmasining xizmat faoliyati xususida ma’lumot berdi. JTSB ma’muriy binosining 3-qavatidagi vatanparvarlik burchagida joylashgan tarixiy suratlar vositasida kursantlar JTSB qahramonlari haqidagi tasavvurga ega bo‘lishdi. Mayor U.Mavlonov kursantlarga o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar yuzasidan ma’ruza qilib berdi va JTSB psixologik ta’minlash guruhi faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi. JTSB majlislar zalida qisqa savol-javoblardan so‘ng  JTSB bo‘linmalari saf bo‘linmalari Patrul-post xizmati brigadasi birinchi maxsus safarbarlik bataloni birinchi otryad guruh komandiri leytenant X.R.Nasirov, ikkinchi maxsus safarbarlik bataloni uchinchi otryad guruhi komandiri leytenent B.Sh.Raxmatullaevlar kursantlarga xizmat faoliyatida ish yuritish tartibi haqida so‘zlab  berdilar.  Amaliy mashg‘ulot yakunida JTSB bo‘linmalari va PPX saf bo‘linmalari xodimlarining xizmat va jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tashlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar va zamonaviy texnikalar bilan yaqindan tanishib chiqishdi.

1538
Chop etish
Text to speech