Jamoat xavfsizligi universitetida “Yangi O‘zbekistonning ijtimoiy hayotida xotin-qizlar ma…

Jamoat xavfsizligi universitetida “Yangi O‘zbekistonning ijtimoiy hayotida xotin-qizlar mavqeini oshirishga oid mas…

Tariximizga bir nazar solsak, qanchadan qancha buyuk ishlar boshida To‘maris, Bibixonim, Nodirabegim, Uvaysiy, Zulfiya kabi ayollar turganiga guvoh bo‘lamiz. Ular o‘z jasorati, aql-idroki va mardligi bilan tarixga o‘z ismlarini muhrlab qo‘ygan. Shunday siymolar davomchilari ekanligimizning o‘ziyoq bugungi kun xotin-qizlarga g‘urur va sharaf tuyg‘ularini his qilishga sabab bo‘la oladi. Yurtimiz mustaqillikka erishgach, xotin-qizlarning har sohada ijtimoiy-siyosiy faolligiga bo‘lgan e’tibor yuksaldi. Bugungi kunga kelib Yangi O‘zbekistonda ham xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat hamda imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun kerakli bo‘lgan shart-sharoit yaratish, ijtimoiy hayotda xotin-qizlar mavqeini oshirishga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jamoat xavfsizligi universitetida ham professor-o‘qituvchilar hamda harbiy xizmatchilar ishtirokida “Yangi O‘zbekistonning ijtimoiy hayotida xotin-qizlar mavqeini oshirishga oid masalalar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Toshmuhammedova Dilorom G‘ofurjonovna ishtirok etdi. Qo‘mita raisi o‘rinbosari Dilorom Toshmuhammedova Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va mavqeyini mustahkamlash borasida davlat ahamiyatiga molik salmoqli ishlar amalga oshirib kelinayotganligi, jamiyat rivojini xotin-qizlarsiz, ularning ishtirokisiz tasavvur etib bo‘lmasligi, ayollarning oilada ham, davlat va jamoat ishlarida ham emin-erkin faoliyat yuritishlari, ularning huquq va manfaatlarini ro‘yobga chiqarish yo‘lida mamlakatmiz miqyosida qator chora-tadbirlar ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilayotganligi alohida e’tirof etdi. Davra suhbatida Universitet professor-o‘qituvchilari ijtimoiy hayotida xotin-qizlar mavqeini yanada oshirish yuzasidan o‘zlarining ilmiy-amaliy takliflarini bildirib o‘tishdi.

 

180
Chop etish
Text to speech