Sharqona yangi yilning boshlanishi, tabiat uyg‘onishining ramzi, eng ardoqli bayram bo‘lmish Navro‘zi olam har yili mamlakatimizda keng va munosib tarzda nishonlanib kelinmoqda. Shu qatori Universitetda ham “Navro‘z” – umumxalq bayrami munosabati bilan turli madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarini o‘tkazish an’ana tusiga kirgan. Aynan shu munosabat bilan milliy bayram arafasida О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida “Qadriyatlaring boqiy bо‘lsin Navrо‘z!” degan bosh g‘oya asosida Navrо‘z bayrami umumxalq sayllari shaklida kо‘tarinki ruh va yuksak saviyada nishonlandi. Bu yilgi Navrо‘z bayrami har qachongidan ham о‘zgacha kayfiyat va kо‘tarinki ruhda о‘tkazildi. Bayram arafasida Universitetda yaratilgan yangi bog‘ hududi gullar va milliy matolar bilan bezatildi. An’anaga kо‘ra, taklif qilingan faxriy mehmonlar, Universitet harbiy xizmatchilari va professor-о‘qituvchilari, ularning oila a’zolari, farzandlari hamda Olmazor tumanidagi 102-sonli zaif eshituvchilar maktab-internati о‘quvchilari va 102-sonli Muruvvat maktab-internati tarbiyalanuvchilari uchun bayram palovi va dasturxoni tashkil qilindi. Bayramda harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun rassomchilik tanlovi, varrak uchirish, oq terakmi kо‘k terak kabi milliy sport о‘yinlari tashkil qilindi. Shuningdek Universitet harbiy xizmatchilari, kursantlari va talabalari о‘rtasida milliy kurash, arqon tortish, tosh kо‘tarish, chillak kabi milliy sport о‘yinlar о‘tkazildi. Universitet hududida barpo etilgan bog‘da “Yashil makon” umummiliy loyihasi doirasida ko‘chatlar ekildi. Sayl doirasida kursantlar tomonidan milliy taomimiz bо‘lgan palov hamda gо‘zal kursant qizlarimiz va talabalarimiz tomonidan esa bahoriy salatlar tayyorlash bо‘yicha birinchilik musobaqalari о‘tkazildi. Tadbir davomida kursant va talabalar tomonidan milliy kuy-qо‘shiqlar va raqslar ijro etilishi barchaga kо‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.