Jamoat xavfsizligi universiteti va Oliy Majlisning bola huquqlari bo‘yicha vakili  (Bolala…

Jamoat xavfsizligi universiteti va Oliy Majlisning bola huquqlari bo‘yicha vakili  (Bolalar Ombudsmani) bilan o‘zar…

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiya qoidalarini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekistonning beshinchi davriy ma’ruzasi yuzasidan BMTning Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi tavsiyalarini amaliyotga tadbiq etish to‘g‘risidagi Qo‘shma Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat huquqiy fanlar va inson huquqlari kafedrasining tashabbusi bilan 2024-yilning 14-mart kuni Jamoat xavfsizligi universiteti va Oliy Majlisning bola huquqlari bo‘yicha vakili  (Bolalar Ombudsmani) bilan o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.Tadbirni Universitet boshlig‘i polkovnik M.X.Rustambayev ochib berdi. So‘zni Oliy Majlisning bola huquqlari bo‘yicha vakili  (Bolalar Ombudsmani) S.M.Raxmonova davom ettirib, bola huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, voyaga yetmagan shaxslarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, shuningdek ularning ta’lim olishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni samarali bartaraf etish yuzasidan o‘z mulohazalarini bildirdi. Kafedra boshlig‘i mayor A.A.Nuridullayev mavzu yuzasidan fikrlarni davom ettirgan holda, maktab o‘quvchilari o‘rtasida nazoratsizlikni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish, u yerdagi axloqiy-psixologik muhitni yaxshilash choralarini ko‘rish hamda ushbu maqsadlarga erishish bo‘yicha Milliy gvardiya organlarining istiqbolli rejalarini ishlab chiqishda ko‘maklashish lozimligini ta’kidladi.

781
Chop etish
Text to speech