Jamoat xavfsizligi universiteti professor-o'qituvchilari tomonidan respublika bo'ylab umum…

Jamoat xavfsizligi universiteti professor-o'qituvchilari tomonidan respublika bo'ylab umumiy oʻrta ta'lim maktablar…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-fevraldagi “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida qonunbuzarliklar profilaktikasi tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-55 son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jamoat xavfsizligi universiteti professor-o‘qituvchilari va magistratura tinglovchilari bilan hamkorlikda Toshkent shahar Sergeli tumanida joylashgan 300, 284-umumiy o‘rta ta’lim maktablari va “Target” xususiy maktabida 9, 10, 11 sinf o‘quvchilari bilan onlayn anketa-so‘rovnomalari o‘tkazildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilda qabul qilingan “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida qonunbuzarliklar profilaktikasi tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq ichki ishlar organlarining inspektor-psixolog shtatlari Milliy gvardiyaga oʻtkazilganligi bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik bilan bogʻliq huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va ularning oldini olish faoliyati samaradorligini yanada oshirish borasida muhim qadam boʻldi. Qarorga asosan, voyaga yetmaganlar oʻrtasida qonunbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi davlat siyosatining ustuvor vazifalari belgilab berildi. Milliy gvardiyaning tarkibiy tuzilmalaridan biri sifatida Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida qonunbuzarliklar profilaktikasi tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror asosida umumiy oʻrta maktablarda fundamental ilmiy-amaliy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.Tadqiqotlar davomida, o‘quvchilar bilan “Vatan himoyasi-muqaddas burch” mavzusida davra suhbati tashkil etilib, unda harbiy xizmatni o‘tash tartibi, hozirgi kunda davlatimiz tomonidan harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari, kursant va askarlar uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Davra suhbatida ijtimoiy tarmoqlardagi tavakkalchilikka asoslangan kontentlar, buzg‘unchi g‘oyalarga asoslangan saytlardan foydalanmaslik va ularning zararli oqibatlari haqida ham fikr mulohazalar yuritildi. Shuningdek maktablarga sababsiz qatnashmayotgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan ham profilaktik suhbatlar tashkil etildi.   

 

1320
Chop etish
Text to speech