Universitet “Ma’naviyat va ma’rifat markazi”da Maxsus fakultet tomonidan “17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni”ga bag‘ishlab tantanali tadbir tashkil etildi. Tadbirda universitet rahbariyati, kunduzgi, sirtqi va kechki ta’limning talaba va tinglovchilari, professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Tadbirda universitet boshlig‘i polkovnik M.X.Rustambayev so‘zga chiqib, talabalarni bayram bilan samimiy tabriklab, iqtidorli talabalar va ularning
ota-onalariga tashakkurnomalar topshirdi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan bayram dasturi namoyish etilib, talabalar hayotiga doir she’rlar, kuy-qo‘shiq va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Ma’lumot uchun, 2021-yildan universitetda umumfuqaroviy asoslarda talabalarni qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bugungi kunda kunduzgi va kechki shakllarda 500 dan ortiq talabalar uchta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olmoqda.