«Obyektlarning majmuaviy xavfsizlik tizimlari, natija va istiqbollari: xalqaro tajriba» ma…

«Obyektlarning majmuaviy xavfsizlik tizimlari, natija va istiqbollari: xalqaro tajriba» mavzusida xalqaro ilmiy-am…

Ilmiy-amaliy anjumanning tashkilotchisi va o‘tkazish joyi:

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.

Ilmiy-amaliy konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida o‘tkaziladi.

Ilmiy-amaliy anjumanning o‘tkazish sanasi:

2024 yil 22 noyabr, soat 15.00 (aloqa tekshiruvi soat 14:00da 

Ilmiy-amaliy anjumanning maqomi va ishtirokchilari:

Anjumanda xalqaro va respublika oliy (harbiy) ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va ilmiy tadqiqotchilari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Ishtirokchilar soni:

Mahalliy ishtirokchilar uchun an’anaviy (oflayn), xalqaro ishtirokchilar uchun onlayn (Zoom platformasida). Zoom konferensiyasiga ulanish uchun

https://us02web.zoom.us/j/3127472616?pwd=HLCvTh83yNEgFsXzXpwZ4YJIL0XMLA.1&omn=85074712687

✅ Konferensiya identifikatori: 312 747 2616

✅ Kirish uchun: 2024

Anjumanning ishchi tillari:

O‘zbek, rus va ingliz tillarida.

Konferensiyaning maqsadi: Pandemiya sharoitida jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi dolzarb muammolarni ilmiy amaliy o‘rganish, tahlil qilish, xalqaro va xorijiy tajribalar yuzasidan o‘zaro fikr almashish, shuningdek milliy qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Anjumanda qatnashish uchun ishtirokchilar bo‘yicha ma’lumot
va ishtirokchining
tezis va maqolalari 2024 yilning 22 oktybr kuniga qadar tashkiliy qo‘mitaning quyidagi elektron pochta manziliga yuborilishi zarur:

Mas’ullar: Abdumannon Bozorov tel. 998 (97) 677-69-76, e-xat manzili JXU@exat.uz; elektron pochta: info@mgjxu.uz

Maqola va tezislarga qo‘yilgan talablar:

  1. Maqolalar Times New Roman, 14 shrift, 1,5 intervalda terilgan bo‘lishi shart (barcha tomondan hoshiyalar 2 sm).
  2. 1-qatorda, sahifaning o‘rtasida bosh va qalin harflar bilan maqolaning nomi, 2-qatorda muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi, 3-qatorda muallifning ish joyi, lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, telefon raqami, elektron pochtasi, 4-qatorda matn yoziladi (namunaga qarang).
  3. Asosiy matn satrlar oralig‘i 1,5 sm intervalda, satr boshi – 1sm, satrlarni eniga to‘g‘irlash, so‘zlarni boshqa qatorga ko‘chirish – avtomatik tarzda bo‘lishi lozim.
  4. Manba va adabiyotga iqtibos (sno‘ska)lar asosiy matn ichida
    [1] ko‘rinishda bo‘lishi lozim (namunaga qarang).
  5. 5. Taqdim etilayotgan maqolalar hajmi 3 betdan 7 betgacha bo‘lishi mumkin.
  6. 6. Konferensiya materiallari o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.
  7. 7. Iqtidorli talaba va magistrantlarning ilmiy maqolalariga ilmiy rahbar (maslaxatchi) taqrizi talab etiladi.

Konferensiya materiallari to‘plami ekspertlar va tahririyat tekshiruvidan o‘tgandan so‘ng to‘plam sifatida bepul chop etiladi, ishtirokchilarga elektron (pdf) shaklida tarqatiladi.

1688
Chop etish
Text to speech