“Oliy va oliy harbiy ta’lim muassasalarida matematika, fizika fanlarining o‘qitishiga oid …

“Oliy va oliy harbiy ta’lim muassasalarida matematika, fizika fanlarining o‘qitishiga oid muammolar” mavzuidagi Res…

Ilmiy-amaliy anjumanning tashkilotchisi: 

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti  “Tabiiy fanlar” kafedrasi.

Ilmiy - uslubiy anjumanning o‘tkazish joyi:

Ilmiy - uslubiy konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.

Ilmiy - uslubiy anjumanning o‘tkazish sanasi:

2024-yil, 30-oktabr, soat 15.00

Ilmiy - uslubiy anjumanning maqomi va ishtirokchilari:

Anjumanda respublika oliy (harbiy) ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va ilmiy tadqiqotchilari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Anjumanning ishchi tillari:

O‘zbek va rus tillarida.

Konferensiyaning maqsadi: Jamoat  xavfsizligini ta’minlash sohasidagi dolzarb muammolarni ilmiy-amaliy o‘rganish, tahlil qilish, xalqaro va xorijiy tajribalar yuzasidan o‘zaro fikr almashish, shuningdek Harbiy ta’lim muassasalarida tabiiy va texnik fanlarni o‘qitishda zamonaviy yondoshuvlar va innovatsiyalarni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Anjumanda qatnashish uchun ishtirokchilar bo‘yicha ma’lumot
hamda ishtirokchining
tezis va maqolalari 2024-yilning 23-oktabr kuniga qadar tashkiliy qo‘mitaning quyidagi manziliga yuborilishi zarur:

Telegramm: (+99897 006 45 47) M.A.Karabyeva, (+99895 111 70 22). Sh.U.Abdullayev

Mas’ullar: X.M.Mamatov, M.A.Karabyeva, Sh.U.Abdullayev

Ichki tel: 15-82. 15-83

Tel.: (+99897 006 45 47) M.A.Karabyeva, (+99895 111 70 22). Sh.U.Abdullayev

 Maqola va tezislarga qo‘yilgan talablar:

 Maqolalar Times New Roman, 14 shrift, 1,5 intervalda terilgan bo‘lishi shart (barcha tomondan hoshiyalar 2 sm).

  1. 1-qatorda, sahifaning o‘rtasida bosh va qalin harflar bilan maqolaning nomi, 2-qatorda muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi, 3-qatorda muallifning ish joyi, lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, telefon raqami, elektron pochtasi, 4-qatorda matn yoziladi (namunaga qarang).
  2. Asosiy matn satrlar oralig‘i 1,5 sm intervalda, satr boshi – 1sm, satrlarni eniga to‘g‘irlash, so‘zlarni boshqa qatorga ko‘chirish – avtomatik tarzda bo‘lishi lozim.
  3. Manba va adabiyotga iqtibos (snoska)lar asosiy matn ichida
    [1] ko‘rinishda bo‘lishi lozim (namunaga qarang).
  4. 5. Taqdim etilayotgan maqolalar hajmi 3 betdan 7 betgacha bo‘lishi mumkin.
  5. 6. Konferensiya materiallari o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.

Konferensiya materiallari to‘plami ekspertlar va tahririyat tekshiruvidan o‘tgandan so‘ng to‘plam sifatida bepul chop etiladi, ishtirokchilarga elektron (pdf) shaklida tarqatiladi.

 Taqdim etilayotgan maqola va tezislarni rasmiylashtirish tartibi:

N A M U N A

MAQOLA NOMI

Abdullaev Shavqiddin Ubaydullaevich

Ilmiy darajasi va unvoni, ish joyi, telefon raqami, elektron pochtasi

Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn [1, adabiyotning qaysi betidan olinganligi, masalan: 11-b.]. Asosiy matn.

Adabiyotlar

1. Muallif. Maqola nomi. Nashr qilingan joyi, nashriyot nomi, nashr qilingan yili, umumiy beti.

 

 

516
Chop etish
Text to speech