O`zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida “Yangi O‘zbekistonning ijtimoiy…

O`zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida “Yangi O‘zbekistonning ijtimoiy hayotida xotin-qizlar ma…

Tariximizga nazar solsak, qanchadan qancha buyuk ishlar boshida To‘maris, Bibixonim, Nodirabegim, Uvaysiy, Zulfiya kabi ayollar turganiga guvoh bo‘lamiz. Ular o‘z jasorati, aql-idroki va mardligi bilan tarixga o‘z nomini muhrlab ketgan. Shunday siymolar davomchilari ekanligining o‘ziyoq bugungi kun xotin-qizlariga g‘urur va sharaf tuyg‘ularini bahsh etadi. Yurtimiz mustaqillikka erishgach, xotin-qizlarning har sohada ijtimoiy-siyosiy ishtirokiga e’tibor yuksaldi. Bugungi kunga kelib, Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlarning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat hamda imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun kerakli shart-sharoit yaratish, ijtimoiy hayotda xotin-qizlar mavqeini kuchaytirishga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. O`zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida ham professor-o‘qituvchilar va harbiy xizmatchilar ishtirokida “Yangi O‘zbekistonning ijtimoiy hayotida xotin-qizlar mavqeini oshirishga oid masalalar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Toshmuhamedova Dilorom G‘ofurjonovna ishtirok etdi. Senat a`zosi Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlarning jamiyatda tutgan o‘rni va mavqeini mustahkamlash borasida davlat ahamiyatiga molik salmoqli ishlar amalga oshirib kelinayotganiga alohida to`xtaldi. Ma`lumki, jamiyat rivojini xotin-qizlarsiz, ularning ishtirokisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ayollarning oilada ham, davlat va jamoat ishlarida ham emin-erkin faoliyat yuritishlari, ularning huquq va manfaatlarini ro‘yobga chiqarish yo‘lida mamlakatmiz miqyosida qator chora-tadbirlar hayotga tadbiq etilayotgani alohida e’tirof etdi. Davra suhbatida Universitet professor-o‘qituvchilari ijtimoiy hayotida xotin-qizlar mavqeini yanada oshirish yuzasidan o‘zlarining takliflarini bildirib o‘tishdi.

134
Chop etish
Text to speech