O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 27-maydagi 1331-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari yu.f.d., professor Turg‘unov Oybek Karimovich rahbarligidagi Respublika trenerlar guruhi (D.Mamarasulov, G‘.Ikmatullayev, O‘.Davletov, X.Olimjonov, Sh.Axmedov, M.Mirzaxo‘jayev) hamda ular tayyorgalagan 105 nafar hududiy trenerlar tomonidan 2024-yilning avgust-sentabr oylarida Farg‘ona viloyatida barcha bo‘g‘indagi mas’ullar o‘qitildi.
Jumladan, 19-27 avgust kunlari hududiy trenerlar (106 nafar), tuman hamda shahar saylov komissiyalarining rais, o‘rinbosar va kotiblari (57 nafar), okrug saylov komissiyalarining rais, o‘rinbosar va kotiblari (180 nafar) Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasi tomonidan o‘qitildi.
4–21-sentabr kunlari Respublika va hududiy trenerlar tomonidan Farg‘ona viloyatining 19 ta tuman-shaharlarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, mahalliy kengash saylovlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati uchastka saylov komissiyalari rais, rais o‘rinbosarlari va kotiblarining 3630 nafari uchun o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlari o‘tkazildi. 27-sentabr kuni Farg‘ona viloyatining 19 ta tuman-shaharlarida mavjud mahallalarning 1050 nafar raislari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, mahalliy kengash saylovlari bo‘yicha o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Ushbu mashg‘ulotlarni tashkil etishdan kо‘zlangan maqsad – 2024-yil 27-oktabr kuni bо‘lib о‘tadigan О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengash saylovlarini saylov qonunchiligi asosida yuqori saviyada о‘tkashidan iborat.