Ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligi – ustuvor vazifa

Ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligi – ustuvor vazifa

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasiga biriktirilgan Pedagogika va psixologiya fanlari bo‘yicha mustaqil izlanuvchilar monitoringi o‘tkazildi. Monitoring komissiyasi yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʻining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari, yuridik fanlar doktori, professor, mayor Sh.X.Zulfiqarov, ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va sifatini yanada oshirish bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. Monitoring jarayonida mustaqil izlanuvchilarga ilmiy ishlarni tayyorlash, nashr etish bo‘yicha so‘nggi yangilik va talablar yetkazilib, samarador natijalarga erishayotgan tadqiqotchilarning faoliyati namuna sifatida e’tirof etildi hamda ularning amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobotlar tinglandi. Shundan so‘ng monitoring komissiyasi tomonidan mustaqil izlanuvchilarning shaxsiy ish reja va metodologik dasturi ijrosi yuzasidan ishlar о‘rganildi. Mustaqil izlanuvchilar bilan savol-javob tarzida о‘tkazilgan suhbatda ularni qiziqtirgan masalalar va ilmiy-tadqiqot faoliyatida qiyinchilik tug‘dirayotgan muammolar muhokama etildi. Ularni hal etish yuzasidan bajariladigan zaruriy tashkiliy-amaliy ishlar belgilab olindi.

 

1185
Chop etish
Text to speech