Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga davlatimiz va jamiyatimiz xavfsizligi va daxlsizligini saqlash borasida uzoq yillar namunali xizmat qilib, ob’rо‘-e’tibor bilan faxriylikka chiqqan insonlar tashrif buyurdi. Ularning xizmat va hayot yо‘li yoshlar uchun ibrat maktabi. Bu toifa insonlarning namunali va sharafli xizmat faoliyati yoshlar, ayniqsa, muddatli harbiy xizmatchilarga keng targ‘ib qilish orqali yoshlarning xizmat salohiyatini oshirish borasida universitet Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarni tashkil etish bo‘limi tomonidan bir qator ibratga molik ishlar, qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar о‘tkazib kelinmoqda. Bu galgi davra suhbatimiz ham aynan, muddatli harbiy xizmatchilar hamda faxriylar o‘rtasida o‘tkazilib, faxriylarimiz xizmat yillaridagi faoliyatida uchragan qiyinchiliklar va muammolarni qanday yengib о‘tgani, mashaqqatli va sharafli xizmatning о‘ziga xos ijobiy tomonlari xususida yoshlarimizga bir qancha foydali, ibratli ma’lumotlarni sо‘zlab berishdi. Bir sо‘z bilan atganda, faxriylar tajribasi, ular bosib о‘tgan xizmat yillari yoshlar uchun ibrat maktabi. О‘z navbatida faxriylar о‘z tajriba va malakalarini yoshlarga sо‘zlab berib, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etmoqda. Davra suhbatidan so‘ng universitet O‘q otish tayyorgarligi kafedrasida uzoq yillar xizmat qilib, yosh kadrlarni yetishtirib chiqarish va ularni tarbiyalash yo‘lida mashaqqatli va sharafli xizmatdan so‘ng faxriylikka chiqqan, iste’fodagi polkovnik G‘aybulla Berdiyevning xonadoniga faxriylar tashrif buyurib, holidan xabar olindi. Shuning bilan faxriylarimizning hurmatini e’zozlash bo‘yicha shunday namunali molik tadbirlar hamda bu ibratli ishlar davom ettirilmoqda.