Hayotim vatanim uchun, gʼururim hech kimga!

Hayotim vatanim uchun, gʼururim hech kimga!

Oʼzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi universitetida Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi munosabati bilan “Harbiy vatanparvarlik” oyligi eʼlon qilingan. Ushbu oy doirasida bir nechta tadbirlar oʼtkazib kelingan. Buning yakuni hisobidan, joriy yilning 13 yanvar kuni “Iqtisodiy fanlar” kafedrasi professori M.S.Аbdullayeva tashabbusi bilan “Hayotim vatanim uchun, gʼururim hechkimga” deb nomlangan bayram tadbiri boʼlib oʼtdi. Tadbirning asosiy maqsadi kursant va talabalarni harbiy vatanparvarlik ruhini yanada oshirish, vatanga muhabbat hissini yuksaltirish, mard oʼgʼlon etib tarbiyalashda vatanimiz tinchligi yoʼlida jasorat koʼrsatgan universitet bir qator ofitserlarining va shu kabi boshqa harbiy xizmatchilar misolida oʼrnak qilib koʼrsatish edi. Mamlakatimizni mustaqilligini mustahkamlashda, ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etishda oʼzlarining jasoratli xizmatlari bilan 1999-2005 yil voqealarida qatnashgan universitetning harbiy oʼqituvchilari, polkovniklar: R.Аzizov, А.Аnarkulov, Sh.Neʼmatullayev, O.Yusupov, Z.Аbdullayev podpolkovniklar: E.Usenov va M.Oʼrdabayevlar tadbirning asosiy kun qahramonlari boʼldilar. Oʼzlarining boshlaridan kechirgan ayanchli va ogʼriqli voqealarni tadbir ishtirokchilariga ulashdilar. Bundan tashqari ofitser jang maydonida ekstremal vaziyatlardagi qabul qilishi lozim boʼlgan tezkor qarorlarning naqadar muhimligi haqida ham gap bordi. Tadbir ishtirokchilari, kursantlar tomonidan kun qahramonlariga bir qancha qiziqarli savollar berishib oʼzlari uchun bir umr yodda qolarli taassurotlarga boy sermazmun javoblarga ega boʼlishdilar. Hozirda ular oʼzlarining boy kasbiy va xayotiy tajribasini ulashgan holda universitetet kursantlarini oʼqitib kelmoqdalar. Tadbirning davomi sifatida nafaqadagi general Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi faxriysi, 3 darajali Davlat adliya maslaxatchisi (general mayor), yuridik fanlari nomzodi, Аbzalov Erkin Mexmanovich ham oʼzining uzoq yillik kasbiy tajribasidan kelib chiqqan holda vatan himoyachilarini mustaqillikni dastlabki yillarida mavjud boʼlgan nomoʼtadillik vaziyatlarda naqadar jinoyatchilar tomonidan jiddiy qarshiliklarga uchraganliklari va qilgan xizmatlari haqida gapirib berdi.

880
Chop etish
Text to speech