O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Qo‘riqlashni muhandislik-texnik ta’minoti” kafedrasida 2024 yilning 18 mart kuni “Hayot faoliyati xavfsizligi” fani dasturi doirasida kursantlar bilan “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va kichik hajmli kemalar haydovchilarini tayyorlash kafedrasi professori, texnika fanlari nomzodi, dotsent O.Yuldashev tomonidan Favqulodda vaziyatlarda fuqarolar muhofazasi, fuqaro muhofazasining maqsadi, vazifalari, kuch va vositalari, uning iqtisodiyot tarmoqlarida tashkil etish tartiblari mavzusida mahorat mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida sohaga oid yangiliklar yetkazildi.