Harbiylar xizmatchilar o'rtasida harbiy estafeta sport musoboqasi boʻlib oʻtdi

Harbiylar xizmatchilar o'rtasida harbiy estafeta sport musoboqasi boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14 yanvar-Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan Jamoat xavfsizligi universiteti bakalavriat fakulteti kursantlari hamda Qoʻriqlash va oʻquv jarayonini taminlash bataloni muddatli harbiy xizmatchilar oʻrtasida harbiy estafeta sport musoboqasi boʻlib oʻtdi. Ishtirokchilar marraga etib borgunga qadar uch jiddiy bosqichdan oʻtishlari kerak. 1-shart nuqtasi: jangovor qurolni yoyish va yigʻish. Shartni birinchi boʻlib bajargan navbatdagi bosqichga yoʻl oladi. 2-shart esa shartli himoya toʻplami bilan qurollanish deb nomlangan. Ayniqsa, kelgusida jamoat xavfsizligiga mas'ul mutaxassis boʻlib etishadigan bu yoshlarga hakamlar yuksak talabchanlik bilan munosabatda boʻldilar. Va nihoyat, 3-shart: bunda harbiy xizmatchilar yuzaga kelishi mumkin boʻlgan holatlarda birinchi tibbiy yordam koʻrsatish va yaradorlarni shartli jang maydonidan olib chiqish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini namoyish etishdi. Belgilangan musobaqa shartlarining ishtirokchilar tomonidan mohirona tezkorlik asosida bajarilishi Jamoat xavfsizligi universitetida bunday tayyorgarliklar yuksak darajada olib borilishidan darak berardi. Zero, Qurolli Kuchlar qudratini oshirishda bevosita jangovar tayyorgarlik mashgʻulotlarining oʻrni katta. Sogʻlom raqobat muhiti asosida tashkil etilgan estafeta musobaqasi harbiy xizmatchi va kursantlarning mahorat va epchillik fazilatlarini yanada oshirishga xizmat qildi.
Qizgʻin bellashuv asosida kechgan musobaqa yakuniga koʻra gʻoliblar e'lon qilindi: 1-oʻrinni podpolkovnik Umrbek Bardiyev komandirligidagi 3-kursantlar bataloni qoʻlga kiritdi. 2-oʻrin podpolkovnik S.Hikmatov boshchilik qilayotgan ikkinchi kursantlar bataloniga berildi. 3-oʻringa esa podpolkovnik K.Tursunov komandirligidagi Qoʻriqlash va oʻquv jarayonini ta'minlash batalyoniga munosib koʻrildi. Harbiy xizmatchilar va kursantlar oʻrtasida bunday qizgʻin bellashuvlar davom etadi.

157
Chop etish
Text to speech