“Harbiy xizmatchilarning oilalarida ma’naviy qadriyatlar va ma’naviy muhitni mustahkamlash…

“Harbiy xizmatchilarning oilalarida ma’naviy qadriyatlar va ma’naviy muhitni mustahkamlashning psixologik jihatlari…

Ushbu tadbir Jamoat xavfsizligi universiteti harbiy xizmatchilarining hamda xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lganlarning oila a’zolari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Ma’naviyat va ma’rifat markazida o‘tkazildi. Tadbirda, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi eksperti, “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati a’zosi Muxiddinova Feruza Abdurashidovna, Toshkent shahar bandlikka ko‘maklashish Bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Abdulaziz Shaxobiddinov hamda Zangiota tuman gaz ta’minoti bo‘limi mutaxassisi Ulug‘bek Raximovlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.  Shuningdek, harbiy xizmatchilarning oilalarida ma’naviy muhitni hamda psixologik iqlimni mustahkamlash maqsadida tadbirga Toshkent shahar bandlikka ko‘maklashish Bosh boshqarmasi yordamida Toshkent shahrining 35 ta korxona va tashkilotlari o‘z bo‘sh ish o‘rinlari bilan, qiziqishi bo‘lgan ayollarni hunarmandchilikka va kasanachilikka o‘rgatish maqsadida 4 nafar tadbirkor ayollar o‘zlarining qo‘l mehnatida tayyorlagan namunalar bilan ishtirok etishdilar. Tadbir yakuniga ko‘ra barcha korxona va tashkilotlarning mutaxassislari hamda hunarmand ayollar tomonidan harbiy xizmatchilarning oila a’zolariga o‘zlarining zarur bo‘lgan taklif va tavsiyalarini berdilar. Bundan tashqari, harbiy xizmatchilarni farzandlari uchun yangi yil bayrami  archasi bezatilib, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi xonandalari hamda Jamoat xavfsizligi universiteti orkestr jamoasi va badiiy jamoalari o‘z chiqishlari bilan bolajonlarda yaxshi ta’surot qoldirdi. Tadbir yakunida Jamoat xavfsizligi universiteti hamda Kasaba uyushmasi Toshkent shahar Кенгашиning bolajonlar uchun tayyorlangan yangi yil sovg‘alari tarqatildi.

516
Chop etish
Text to speech