O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-mart kunidagi 101-F-sonli Farmoyishi asosida, joriy yilning 29-mart kuni “O‘quv-uslubiy boshqarmasi”, “Tabiiy fanlar” va “Qo‘riqlashni muhandislik-texnik ta’minoti” kafedralari tomonidan “Harbiy o‘quv yurtlarida tabiiy va texnik fanlarni o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar” mavzusida Respublika miqyosida ilmiy - uslubiy konferensiya o‘tkazildi. Mazkur anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Fizika instituti, respublikamizning oliy harbiy ta’lim muassasalari vakillari, Universitet professor-o‘qituvchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Anjuman doirasida ta’lim dasturlari mazmunini yuqori sifatga oshirish, tabiiy va texnik fanlarni o‘qitishdagi muammolar va ularning yechimini yoritish, muhokama etish hamda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan yetakchi mutaxassislarning fikr va mulohazalari eshitilib, sohadagi mavjud muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan zarur ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.