“Hamma bilishi shart” rukni ostida o'tkazilgan "Radioviktorina" g'oliblari aniqlandi

“Hamma bilishi shart” rukni ostida o'tkazilgan "Radioviktorina" g'oliblari aniqlandi

Prezidentimiz tomonidan 2024 yil 12 yanvar kuni Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘igilishida qo‘yilgan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda  mamlakatimiz aholisi o‘rtasida vatanparvarlikni keng targ‘ib qilish maqsadida, Jamoat xavfsizligi universiteti “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi professor-oqituvchilari tomonidan O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi “Yoshlar” radiokanali bilan hamkorlikda joriy yilning 22 yanvar kunidan 2 fevral kuniga qadar Jadidchi bobolaimiz hayoti va ijodiga bag‘ishlab, “Hamma bilishi shart” rukni ostida Radioviktorina tashkillashtildi. Ushbu Radioviktorinada Respublikamizning barcha viloyatlaridan fuqarolarimiz faol ishtirok etishib, o‘zlarining  Jadidchi bobolarimiz haqidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. 2024 yilning 2 fevral kuni tanlovda faol ishtirok etib, g‘olib bo‘lgan fuqarolarga  Jamoat xavfsizligi universiteti nomidan esdalik savg‘alari topshirildi. G‘oliblarni taqdirlash tadbirida Universitet boshlig‘ining Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik I.A.Maxmudov, “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi boshlig‘i podpolkovnik Z.Sh.Alimardonov va kafedra professor-o‘qituvchilari hamda “Yoshlar” radiokanalining ijodiy jamoasi ishtirok etishdi. Tadbirdan so‘ng, “Yoshlar” radiokanalining rahbariyati bilan ushbu viktorinani navbatdagi bosqichlarini tashkillashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.    

1086
Chop etish
Text to speech