“О‘z ona tilimizda sof so‘zlashish ham – vatanparvarlikdir”!!!

“О‘z ona tilimizda sof so‘zlashish ham – vatanparvarlikdir”!!!

Yangi О‘zbekistonni har tomonlama taraqqiy ettirish, Uchinchi renessans poydevorini yaratishga qaratilgan tarixiy islohotlar jarayonida о‘zbek tilini asrash, uni sof holda keyingi avlodaga qoldirish yо‘lidagi say-harakatlar ham jadal tusda amalga oshirilmoqda. Jumladan, О‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universitetida bugungi kunda malakali professor-о‘qituvchilar tomonidan milliy tilimizning kelib chiqishi hamda uning taraqqiy davri, ayniqsa, tilimizning sofligini saqlash yо‘lidagi ajdodlaimizning jasorati о‘rganilib, harbiy xizmatchilarimiz hamda talabalarimizga doimiy ravishda о‘rgatilib kelinmoqda. Adiblar hiyobonida 21-oktabr О‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “О‘z ona tilimizda sof sо‘zlashish ham – vatanparvarlikdir”!!! mavzusidagi ma’rifiy-madaniy tadbir dasturi ham aynan shu maqsadda о‘tkazilmoqda. Mazkur tadbirda О‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universiteti, О‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazidan soha yetuk mutaxasisslari jalb etilib, ularning ma’ruzalari hamda universitet badiiy jamoasi kursant hamda talabalari tomonidan ona tilimizda yozilgan о‘zbek adabiyotining nodir durdonalaridan she’rlar, milliy qо‘shiqlar bilan yig‘ilgan barcha yoshlarda milliy tilimizga bо‘lgan muhabbat hamda uni asrashga bо‘lgan vatanparvarlik ruhi yanada shakllanishiga xizmat qiladi. Zero, jahonda 6000 dan ortiq tillar bо‘lib, har bir millat va elat uchun eng suyuklisi о‘zining ona tilidir. Biz uchun ham о‘zbek tilimiz g‘ururimiz va sha’nimizdir.

1580
Chop etish
Text to speech