Bojxona institutida joriy yilning 14 noyabr kuni "Giyohvandlik vositalarini noqonuniy aylanishini oldini olish faoliyatini yanada takomillashtirish istiqbollari" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi. Konferensiyada IIV Tezkor-qidiruv departamenti, Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi, IIV akademiyasi, Yoshlar ishlari agentligi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti hamda Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabining etakchi mutaxassis va olimlari ishtirok etdilar.
Tadbirda:
- giyohvandlikka qarshi kurashish yoʻnalishidagi joriy chora-tadbirlar
- sintetik giyohvandlik vositalari muammosi
- kontrabandaga qarshi kurashning huquqiy jihatlari
- xalqaro hamkorlikni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida Jamoat xavfsizligi universiteti Jinoiy-huquqiy fanlar" kafedrasi dosenti yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD) Achilov Alisher Temirovich "Eng yaxshi takdimot" nominasiyasi buyicha sertifikat bilan taqdirlandi. Konferensiyadan so'ng dotsent A.Achilov tomonidan Bojxona instituti pedagoglari va kursantlari ishtirokida “Har qanday shaxsning himoyalanish huquqidan foydalanishi davlat tomonidan kafolatlanadi” mavzusida yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bagʻishlangan targʻibot tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda Konstitutsiyada aks etgan yangi normalarning mazmun-mohiyati tushuntirilib, qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.