O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti harbiy xizmatchilarining giyohvandlik va narkojinoyatlar profilaktikasi borasida bilim va ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan “GIYOHVANDLIK – ASR VABOSI” nomi ostida profilaktik tadbir dasturi o‘tkazildi. Unda Respublika Narkologiya dispanseri katta mutaxassislari Muqaddas Rustamova hamda Muzaffar Rajabovlar tomonidan universitet harbiy xizmatchilariga mavzu doirasida ma’ruza o‘qib eshittirildi. Tadbir davomida bunday salbiy illatga chalingan ko‘plab adashgan kimsalarning ayanchli qismati haqida turli ibratli ma’lumotlar yekazib o‘tildi. Hamda ushbu noxush holatga qarshi tura oladigan sog‘lom immunitet hosil qilish maqsadida ishtirokchilarning savollariga yetarlicha soha mutaxassislari tomonidan javoblar berildi. Qiziqarli tarzda o‘tkazilgan ushbu profilaktik tadbir dasturida universitet harbiy xizmatchilari o‘zlari uchun ko‘plab foydali bo‘lgan ma’lumotlarni oldilar.