FUNKSIONAL KO‘PKURASh

FUNKSIONAL KO‘PKURASh

O‘zbekiston Funksional ko‘pkurash federatsiyasi kalendar rejasiga asosan, 2026 yil 10 may kuni “MEROS RACE” musobaqasi tashkil etildi. Musobaqada 150 dan ortiq hamda Afrika va Keniyadan ham sportchilar qatnashdi. Musobaqada Universitet terma jamoasi Jismoniy tayyorgarlik va sport kafedrasi katta o‘qituvchi kapitan Abdullaev Akrom Ilxamovich murabbiyligida faol qatnashib,

1) 1 kilometr yugurish, chang‘i trenajyori-masofa 1000 m;

2) 1 kilometr yugurish, 100 m ga 150 kg li chanani surish;

3) 1 kilometr yugurish, 100 m ga 110 kg li chanani tortish;

4) 1 kilometr yugurish, 100 m ga Byorpi mashqi sakrash bilan (uzunlikka);

5) 1 kilometr yugurish, 1000 m ga Eshkak eshish trenajyorida mashq bajarish;

6) 1 kilometr yugurish, 200 m ga ikkita25 kg li toshni (giryani) ko‘tarib yurish;

7) 1 kilometr yugurish, 20 kg li qumli qop bilan 100 m ga o‘tirib-turib yurish,

8) 1 kilometr yugurish, 9 kg li charm to‘pni 3 metr yuqoriga-devorga otish mashqlarini bajardilar.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, quyidagi natijalar qayd etildi:

O‘g‘il bolalar juftlik bahslarida 394-o‘quv guruhi kursanti Musaev O‘ktam Baxodirovich va Qodirov Azamjonlar 1- o‘rinni egallab diplom va qimmat baho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Qiz bolalar juftlik bahslarida katta leytenant Xakimova Alina Faritovna 1-o‘rinni egallab diplom va qimmat baho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

9650
Chop etish
Text to speech