Joriy yilning 29-oktyabr 1-noyabr kunlari Belarus, Rossiya va О‘zbekiston harbiy oliy о‘qu…

Joriy yilning 29-oktyabr 1-noyabr kunlari Belarus, Rossiya va О‘zbekiston harbiy oliy о‘quv yurtlari ishtirokida za…

Ushbu konferensiyada O'zbekiston delegatsiya vakillari tomonidan Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig'i polkovnik Rustambayev Mirzayusup Xakimovich boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda Belarus Respublikasi Ichki ishlar vazirining о‘rinbosari Dmitriy Korzyuk ham ishtirok etdi. Anjumanga tashrif buyurgan mehmonlarga turli xil qurollardan о‘q otish va dronlarni boshqarish bо‘yicha master-klasslar о‘tkazib, xatarlarga qarshi turishga tayyorligi namoyish etildi. Ichki ishlar vazirligi kadrlar tayyorlash markaziga ekskursiya katta qiziqish bilan kuzatildi. Ishtirokchilar ta’kidlab о‘tdilar: kо‘rilgan yangiliklarni о‘z ta’lim muassasalariga joriy etishni rejalashtirmoqdalar. Dasturning yakunida Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining Xalqaro о‘quv markazida ilmiy forumning plenar majlisi bо‘lib о‘tdi. Ish mavzuviy seksiyalarda davom ettirildi. Albatta bu kabi o'tkazilayotgan xalqaro anjumanlar ikki davlat o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni yanada mustahkamlaydi.

126
Chop etish
Text to speech