Joriy yilning 8-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida O‘zbeksiton davlat drama teatri hamda Jamaot xavfsizligi universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolashga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbeksiton davlat drama teatri direktori Otabek Jo‘rayev, direktor o‘rinbosari Sardor Mansurov hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Madina To‘xtayeva ishtirok etishdi. Memorandumda ikki tomonlama oqilona hamkorlik, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiluvchi asarlar yaratish, ular uchun alohida ssenariylar ishlab chiqish, milliy qadriyatlarni tarannum etuvchi mavzulardagi asarlar namoyishini rivojlantirib, shaxsiy tarkib ongiga ijobiy tuyg‘ularni baxsh etish kabi ko‘plab dolzarb masalalarga oydinlik kiritildi. Memorandum davomida universitet talabalari va kursantlari hamda Drama teatri ijodkorlari o‘rtasida qizg‘in davra suhbati tashkil etildi. Unda yig‘ilgan tomoshabinlar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan davra suxbati mehmonlarini so‘roqqa tutdilar. Ajoyib taassurotlarga boy tarzda o‘tkazilgan davra suhbati shuning bilan o‘z yakuniga yetdi.