Muhokama qilingan asosiy yo‘nalishlar:
Seminar davomida quyidagi dolzarb mavzularda ma’ruzalar va amaliy tushuntirishlar berildi:
-“Raqamli (onlayn) zо‘ravonlik” va “Stalking” (onlayn ta’qib) kо‘rinishlari hamda ularga qarshi kurashish usullari.
-“Ludomaniya” (elektron va qimor о‘yinlarga qaramlik), qimor va tavakkalchilikka asoslangan о‘yinlarga qaramlikning salbiy oqibatlari va profilaktikasi.
-Kiberbulling (ijtimoiy tarmoqlar, orqali tajovuz, qо‘rqitish, haqorat qilish, kamsitish va boshq.) huquqbuzarlikning yangi kо‘rinishi sifatida.
-Aholi о‘rtasida “kibergigiyena”ga amal qilish va “kibertahdid”lardan himoyalanish bо‘yicha ta’sirchan targ‘ibot ishlarini olib borish masalalari tushuntirib o’tildi.
Ushbu o‘quv mashg‘ulotlari davomida mahalla raislarining “stalking”, ludomaniya, kiberbulling va kibergigiyena yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari mustahkamlanib, hududlarda uchrayotgan zamonaviy ijtimoiy va kiberxavf-xatarlarni barvaqt aniqlash hamda ularning oldini olish bo‘yicha samarali mexanizmlar shakllantirildi.
Kutilayotgan natijalar
Ushbu o‘quv mashg‘ulotlari natijasida mahalla raislari o‘z hududlarida uchrayotgan zamonaviy ijtimoiy va kiberxavf-xatarlarni barvaqt aniqlash ko‘nikmalariga ega bo‘ldilar.
"Bu kabi tadbirlar mahallalarda fuqarolarni, ayniqsa yoshlarni kiber-tahdidlardan himoya qilish hamda sog‘lom ijtimoiy muhitni ta’minlashda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi."
Bu kabi zamonaviy yondashuvlarning joriy etilishi, mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar va yoshlar orasida huquqbuzarliklar profilaktikasini yangi bosqichga olib chiqadi.