Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari uchun yakuniy davlat imtihonlari bo'lib o'tmoq…

Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari uchun yakuniy davlat imtihonlari bo'lib o'tmoqda

Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti O’zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil etilganidan keyin O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5077-sonli qarori bilan Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya uchun – jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasining jamoat tartibini saqlash, yo’l harakati xavfsizligi va pasport tizimi talablarini amalga oshirish maqsadida bir nechta yo’nalishlar qo’shildi. Hozirda O’zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida “Pasport tizimini huquqiy ta’minlash”, “Patrul-post xizmatining qo’mondonlik taktik faoliyati”, “Yo’l patrul xizmatining qo’mondonlik taktik faoliyati” yo’nalishlari bo’yicha ilk bitiruvchi kursantlar uchun yakuniy davlat imtihonlari bo’lib o’tmoqda. Ushbu imtihonda bitiruvchi kursantlarning 3 yil davomida malakali professor o’qituvchilar va fan doktorlari tomonidan olgan bilimlarini sinovdan o’tkazish rejalashtirilgan. Yakuniy davlat imtihonlaridan asosiy maqsad esa nafaqat kursantlar bilimini sinovdan o’tkazish, balki bitiruvchi yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirib, O’zbekistonni zamonaviy bilimga ega bo’lgan mutaxassis kadrlar bilan ta’minlashdir.

 

    

1377
Chop etish
Text to speech