Tarixdan ma'lumki, dunyoda yaratilgan innovatsion texnologiyalarning aksariyati avvalo harbiy maqsadlarda olib borilgan izlanishlarda yaratilgan. Aynan mamlakatimizni texnologik jihatdan mustaqilligini yanada oshirish, iqtidorli yoshlarni ushbu sohaga keng safarbar etish maqsadida joriy yilning 2-4 may kunlari “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida "Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar" festivali tashkil qilindi. Ushbu festivalda Qurolli Kuchlarga zarur boʻlgan zamonaviy texnologiyalar, metallurgiya, kimyo sanoati hamda tekstil sohasida ikki maqsadga moʻljallangan 20 ga yaqin ishlab chiqaruvchi yirik korxonalar, 50 ta tashkilot, 30 dan ortiq ishlab chiqaruvchi jismoniy shaxslar va ixtirochilar oʻzlarining mahsulotlari bilan ishtirok etishmoqda. Taqdimotda tanlab olingan eng yaxshi mahsulot va korxonalar istiqbolda Mudofaa sanoati agentligi bilan hamkorlik qilish imkoniyatiga ega boʻladi. Festival doirasida 7 ta tur boʻyicha, ya'ni Robototexnika, Kibersport, Dronreysing, 3D modellashtirish, Dronlarni loyhalashtirish va Dasturlash boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi. Unda texnika, aloqa, axborot-kommunikasiya texnologiyalari, oʻquv-texnik vositalari, dasturiy ta'minot, aviatsiya, uchuvchisiz uchish tizimlari, robototexnika qurilmalari, trenajyor komplekslar, himoya vositalari, kimyo texnologiyalari va boshqa istiqbolli yoʻnalishlar boʻyicha ishlanmalar va mahsulot prototiplarini istiqbolda qoʻllash uchun raqobatbardosh loyihalari saralandi.
Xususan, ushbu festivalda Jamoat xavfsizligi universiteti professor-o‘qituvchilari va kursantlaridan tashkil topgan jamoasi ham faol ishtirok etdi hamda quyidagi yo‘nalishlarda fahrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar va pul mokofoti, diplom, kubok bilan taqdirlandilar. Shuningdek, ratsionalizatorlik va ixtirochilik ishlanmalari korgazmasida ham universitet ofitser va kursantlari munosib ishtirok etdilar.
“Dasturlash” yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rin
“Uchuvchisiz uchish apparatlarini loyihalashtirish” yo‘nalishi bo‘yicha 2-o‘rin
“Kibersport” yo‘nalishi bo‘yicha 3-o‘rin
Mazkur musobaqa va festivalda saralab olingan iqtidorli yoshlar va fuqarolarga kelgusida Mudofaa sanoati korxona va zavodlarida oʻzlarining ishlanmalarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishlari va ishga joylashishlari uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. Dasturlash va robototexnikaga qiziqadigan yoshlarimiz uchun mazkur festival oʻz gʻoyalarini roʻyobga chiqarishlari hamda sohadagi bilimlarini yanada rivojlantirishlar yoʻlida birinchi qadam boʻlib xizmat qilishi shubxasizdir.