Kibersport safda: Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan CS2 turniri

Kibersport safda: Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan CS2 turniri

O‘zbekiston Respublikasi Vatan himoyachilari kuni munosobati bilan Universitet kursantlari, talabalari o‘rtasida tizimli ravishda musobaqa va turnirlarni o‘tkazish va ular orasidan iqtidorlilarini tanlash, axborot texnologiyalari sohasidagi kadrlarni tayyorlash ishlarini yanada kengaytirish maqsadida, o‘quv-uslubiy situatsion markaz negizida "Counter-Strike 2" kibersport turi bo‘yicha ochiq turniri tashkil etilgan va o‘tkazildi.

Turnir natijalariga ko'ra 2026-yil mavsum uchun quyidagi jamoalar g’olib bolib, sovrinlarni qo'lga kiritdi:

- 3-o‘rin 4-batalyon kursantlari jamoasi;

- 2-o‘rin maxsus fakultet talabalari jamoasi;

- 2026 yilgi turnirning 1-o‘rin chempioni, 3-batalyon kursantlari jamoasi.

3178
Chop etish
Text to speech