O‘zbekiston Respublikasida bugungi kun yangi islohotlar bosqichida inson huquqlarini himoya qilish, uning huquqiy kafolatlarini mustahkamlash eng ustuvor, birinchi darajali, davlat siyosati darajasidagi masalaga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquqi oliy qadriyat sifatida o‘rnatilganligini amalda taminlash bo‘yicha keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Inson huquqini taminlashga bag‘ishlangan yangidan yangi qonunlar, sog‘liqni saqlash, ta’lim, tadbirkorlik, davlat xizmatlarini takomillashtirishga qaratilgan yuzlab Prezident farmon va qarorlari qabul qilindi. Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev “erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish, inson qadri-qimmati va uning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarimiz yangi pog‘onaga ko‘tariladi. Bu borada, millati, tili va dinidan qat’i nazar, yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning, butun xalqimizning farovonligini ta’minlashga xizmat qiladigan “Yangi O‘zbekiston – xalqchil va insonparvar davlat” g‘oyasini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi”, deb ta’kidlab o‘tganlari ham bejiz emasdir. Yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquqini taminlashga bag‘ishlangan normalar uch barovarga ko‘paytirilib, ularning ijrosini amalga oshirish huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan chuqur bilim, kuch va amaliy ko‘nikmalarning shakllanganligini talab etgan holda, 2024-yilning 23-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida “Davlat huquqiy fanlar va inson huquqlari” kafedrasining tashabbusi bilan “Inson huquqlarini ta’minlash – davlatning oliy maqsadi” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur konferensiyada, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi bo‘lim boshlig‘i, y.f.d., professor Ochilov O‘tkir Sayfullayevich – “Yangi O‘zbekistonda inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarning amalga oshirilishi: yangi muammolar va ularning yechimlari”mavzusida; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari, y.f.d., dotsent Narimanov Bekzod Abduvaliyevich – “Yangilangan Konstitutsiya – inson huquqlari himoyachisi” mavzusida; Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori Raxmanov Abdumuxtor Rejjabbayevich – “Islom huquqida inson huquqlari masalalari” mavzusida; O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi dotsenti, y.f.n., dotsent, podpolkovnik Fozilov Umid Erkinovich – “Inson huquqlarini himoya qilish har bir demokratik davlatning bosh maqsadidir” mavzusida; O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti professori, y.f.d., professor Usmonov Muhammadi Bahriddinovich – “Insonning ekologik huquqlarini ta’minlash muammolari” mavzusida o‘zlarining keng ahamiyatli ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Konferensiya yakunida inson qadrini ulug‘lashga xizmat qiluvchi turli
ilmiy-amaliy yondashuvlar bilan bog‘liq tegishli fikr va mulohazalar bilan birga tegishli taklif va tavsiyalar bildirib o‘tildi.