Do‘stona xamkorlik,  huquqiy barkamollik, milliy g'urur va  istiqboldagi maqsadlar

Do‘stona xamkorlik,  huquqiy barkamollik, milliy g'urur va  istiqboldagi maqsadlar

Joriy yilning 14-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolash tadbiri bo‘lib o‘tdi Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisi Eshankulov Sadriddin Bavabekovich va O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi jamoasi, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘i yuridik fanlari doktori, professor, Rustambayev Mirzayusup Xakimovich va O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti professor-o‘qituvchilari tarkibi ishtirok etdi. Dastlab mehmonlar professor Rustambayev boshchiligida Universitetimizda amlaga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, yaratilgan o‘quv moddiy baza va kursantlar yotoqxonalaridagi shart sharoitlar bilan tanishtirildi. Shuningdek mehmonlarga Universitetimizning o‘tmishi va bugungi kuni yoritilgan videorolik namoish etildi. So‘ngra Universitet va Respublika Harbiy sudi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum tantanali ravishda imzolandi. Memorandumni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘i yuridik fanlari doktori, professor, Rustambayev Mirzayusup Xakimovich va O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisi Eshankulov Sadriddin Bavabekovichlar imzoladilar. Memorandum har ikki tomonlar uchun munosabatlar ko‘prigi, qolaversa sud huquq sohasida malakali kadrlarni tayyorlashda nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, shuningdek yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash kabi maqsadli vazifalarni bajarish uchun dasturi amal bo‘lib xizmat qiladi. Tadbir so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi sudiyalari Bobonazarov Akmal Qosimovich, Do‘staliyev Shuxrat Tolibjonovich, Sattorov Alisher Yarashevichlar va O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi jamoasi ishtirokida profilaktika kuni doirasida Universitet shaxsiy tarkibi bilan davra suhbati tashkillashtirildi.

 

176
Chop etish
Text to speech