“Yoshlar forumi — 2024” doirasida mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh yoshlarga “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni topshirildi.
Safdoshimiz Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti tayanch doktoranti kapitan Yunusov Davronbek Bekmirza o‘g‘li “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 4-avgustdagi PF-3290 sonli Farmoniga asosan ushbu mukofot bilan vatanparvarlik, fidoyilik tuyg‘usini va mehnatsevarlik fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan, vatanimiz obro‘si, shon-shuhrati va sharafini yuksaltirishga hamda uning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan, mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etib, o‘rnak bo‘lib kelayotgan yoshlar taqdirlanib kelmoqdalar.
Ushbu yuksak e’tirof bilan safdoshimizni chin dildan muborakbod etib, kelgusida xizmat faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!