2024-yil 19-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Jamoat xavfsizligini ta’minlash” kafedrasiga biriktirilgan mustaqil izlanuvchilar monitoringi amalga oshirilishi munosabati bilan ularning Universitet o‘quv binosi 1-qavati 122-auditoriyasiga belgilangan kunda soat 14:30da yetib kelishlari va ushbu hujjatlarni komissiya a’zolariga taqdim etishlari so‘raladi:
tasdiqlangan shaxsiy ish reja;
nazariy-metodologik dastur;
chiqarilgan ilmiy maqolalar;
ilmiy tezislar;
malakaviy imtihon guvohnomasi;
amaliyotga tadbiq qilinganligi to‘g‘risida guvohnomalar;
kafedra va ilmiy seminardan o‘tganligi to‘g‘risida bayonnomalardan nusxalar;
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha ilmiy rahbar imzolagan tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha ma’lumotlar.
Monitoringga uzrli sabablarsiz kelmagan mustaqil izlanuvchilarga nisbatan komissiya tomonidan mustaqil izlanuvchilikdan belgilangan tartibda chetlatish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi haqida ogohlantiramiz!