Kursantlar о‘quv jarayonida differensial yondashuv

Kursantlar о‘quv jarayonida differensial yondashuv

2025-yil 6-dekabr kuni О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasining kengaytirilgan majlisi bо‘lib о‘tdi. Unda Universitet О‘quv-uslubiy boshqarmasi, Ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bо‘limi rahbariyati, kursantlar batalyonlari komandirlari va kafedra professor-о‘qituvchilar tarkibi ishtirok etdilar.

Majlisda dastlab kursantlarning о‘zlashtirish kо‘rsatkichlaridan kelib chiqqan holda differensial yondashuvni nazarda tutuvchi “yashil”, “qizil” va “sariq” toifalarga ajratilgan “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” yо‘nalishi 1, 2 va 3-bosqich kursantlari haqida taqdimot qilindi. Kursantlarning о‘zlashtirish kо‘rsatkichlarini yanada yaxshilash yuzasidan О‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i, kursantlar batalyonlari komandirlari va kafedra professor-о‘qituvchilarining ochiq muloqoti bо‘lib о‘tdi.

Shundan sо‘ng, о‘quv, о‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlar yо‘nalishlari, mustaqil izlanuvchilar monitoringi, tо‘garakalar faoliyati tahliliy hisobotlari tinglandi.

Yig‘ilish yakunida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 noyabrdagi F-60-son farmoyishi bilan tasdiqlangan “О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik kо‘rish va ularni о‘tkazish Dasturi” ijrosi yuzasidan “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi professor-о‘qituvchilari tomonidan amalga oshirilgan targ‘ibot tadbirlarining yakuniy hisoboti о‘tkazildi.

Unga kо‘ra “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi professor-о‘qituvchilari tomonidan aholining keng qatlamlari о‘rtasida О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini faol targ‘ib qilish yuzasidan jami 73 ta targ‘ibot tadbirlari va OAVda chiqishlar amalga oshirilganligi alohida e’tirof etildi.

Targ‘ibot tadbirlarini о‘tkazishda alohida faollik va fidoyilik kо‘rsatgan professor-о‘qituvchilar Universitet rahbariyatining tashakkurnomalari, kо‘ngilochar konsertlar uchun chiptalar va vaucherlar bilan taqdirlandilar.  

3103
Chop etish
Text to speech