Yozning birinchi kuni kirib kelishi bilan birga yurtimizda Xalqaro bolalar kuni ham katta tantana sifatida keng nishonlanadi. Ushbu kun mamlakatimizda oʻquv yilining tugashi va yozgi taʼtil boshlanishi bilan kirib keladi, barcha bolajonlar uchun bu kunda yaqinlari tomonidan turli xil sovgʻalar tayyorlanadi, koʻngil ochar joylarda, yurtimiz bogʻlarida bayram dasturlari uyushtirilib bolajonlarning koʻngli shod etiladi. Xususan, Jamoat xavfsizligi universitetida ham 1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan “Bolalar quvonchi – baxtdan nishona” shiori ostida manaviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir. O‘zbekistonda ham farzandlarimiz ana shunday mehr-muhabbat, ulkan g‘amxo‘rliklar og‘ushida voyaga yetmoqda. 1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Jamoat xavfsizligi universitetiga tashrif buyurgan 500 ga yaqin Mehribonlik va oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari hamda o’quvchi-yoshlarni Orkestr sadolari ostida kutib olindi. Ularni 20ta guruhga bo’lgan holda kursantlar oshxonasida bayramona tushlik va tushlik davomida esa katta ekranlarda universitetda tahsil olayotgan kursant akalari hamda universitet faoliyati haqida videoroliklar namoyish etildi. Shundan so’ng, katta saf maydonida xizmat otlari va xizmat itlari, harbiy-muhandislik vositalari, harbiy-texnika va qurol aslahalar ko’rgazmasi namoyish etildi. Shuningdek, universitet bo’ylab sayohat uyushtirildi. Bu esa o’z navbatida bolajonlarning harbiy sohaga bo’lgan qiziqishini yanada orttirishiga sabab bo’ldi. Bolajonlarga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida ma’naviyat va ma’rifat markazida universitet kursantlari tomonidan qurol bilan safona va qo’l jangi bo’yicha ko’rgazmali chiqishlar hamda Alvon beret badiiy havoskorlik jamoasi, harbiy orkestr tomonidan konsert dasturi namoyish etildi. Bu esa o’quvchi-yoshlarda qat’iy hayotiy pozitsiya va Vatanimiz taqdiri uchun yuksak ma’suliyat tuyg’usini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Bir so’z bilan aytganda, ushbu tadbir bolajonlarga ulkan kayfiyat bag’ishlab, ularda ertanggi kunga bo’lgan ishonchni mustahkamlashga xizmat qildi.