Daraxtlarni nomiga emas, hayotimiz, ertangi kunimiz uchun ekish kerak!

Daraxtlarni nomiga emas, hayotimiz, ertangi kunimiz uchun ekish kerak!

2025-yil yurtimizda “Atrof muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” deya nom olgani bejiz emas. Ma`lumki, dunyo miqyosida global iqlim o`zgarishi kuchaymoqda. Bu xavfning oldini olishda asosiy manbaa – o`simliklar dunyosi. Shuning uchun ham yashil do'stlarimizni asrash, ularni ko`paytirish mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan. Xususan, Prezidentimizning 2021-yil 30-dekabrdagi farmoniga muvofiq 2030-yilgacha mo'ljallangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi yo`lga qo`yildi. Loyiha doirasida har yili 200 million tup daraxt va buta ko`chatlari ekish, shaharlarimiz yashil maydonlarini 8 foizdan 30 foizga oshirish belgilangan. Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasi bu chaqiriqqa “labbay!” deb, bahor eshik qoqayotgan bugungi kunlardanoq g`ayrat bilan ishga kirishib ketdilar. Ular oliy harbiy bilim dargohi hududida o`zlari yetishtirgan minglab tup manzarali daraxt ko`chatlarini maydonlarga olib chiqib ekdilar. Ularni muntazam sug`orib, parvarishlab, 35 gektarlik ulkan hududni hamma havas qiladigan yashil makonga aylantirish – Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasining asosiy maqsadi. Bunday ibratli jarayon quloch yoyib, fidoyilik, yurtga mehr tuyg`ulari qaynab tursa, chor atrof yashnab, Vatan obod bo`lib boraveradi.

444
Chop etish
Text to speech