Psixolog-mutaxassislar tayyorlash borasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Psixolog-mutaxassislar tayyorlash borasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

2026-yil 24-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti hamda Toshkent shahar 2-sonli ruhiy asab kasalliklari dispanseri o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Memorandumni imzolashdan ko‘zlangan maqsad – psixolog-mutaxassislar tayyorlash faoliyatida o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, jumladan, “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi tomonidan o‘qitilayotgan psixologiya fanlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni dispanser bazasida tashkil etish, hamkorlikda ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish hisoblanadi.

O‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolashga bag‘ishlangan tadbirda Jamoat xavfsizligi universiteti “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, psixologiya va pedagogika fan sohalarida ilmiy-tadqiqot olib borayotgan mustaqil izlanuvchilar, Magistratura tinglovchilari ishtirok etdilar.  

Tadbir jarayonida mehmonlar Universitetda ta’lim olish uchun yaratilgan sharoitlar va professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan ixtirochilik ishlanmalari tanishtirildi. Kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi. 

9426
Chop etish
Text to speech