Oʻzbekiston Funksional koʻpkurash federasiyasi kalendar rejasiga asosan, 2025 yil 28 sentyabr kuni Engil atletika federasiyasi stadionida “MEROS RACE” musobaqasi tashkil etildi. Musobaqada 150 dan ortiq sportchilar qatnashdi. Musobaqada Universitet terma jamoasi Jismoniy tayyorgarlik va sport kafedrasi katta oʻqituvchi kapitan Abdullaev Akrom Ilxomovich murabbiylida faol qatnashib, 1) 1 kilometr yugurish, changʻi trenajyori-masofa 1000 m; 2) 1 kilometr yugurish, 100 m ga 150 kg li chanani surish; 3) 1 kilometr yugurish, 100 m ga 110 kg li chanani tortish; 4) 1 kilometr yugurish, 100 m ga Byorpi mashqi sakrash bilan (uzunlikka); 5) 1 kilometr yugurish, 1000 m ga Eshkak eshish trenajyorida mashq bajarish; 6) 1 kilometr yugurish, 200 m ga ikkita25 kg li toshni (giryani) koʻtarib yurish; 7) 1 kilometr yugurish, 20 kg li qumli qop bilan 100 m ga oʻtirib-turib yurish, 8) 1 kilometr yugurish, 9 kg li charm toʻpni 3 metr yuqoriga-devorga otish mashqlarini bajardilar.
Musobaqa yakuniga koʻra, quyidagi natijalar qayd etildi:
havoskor qizlar oʻrtasida 254-oʻquv guruhi kursanti Botirova Zuhra Behruz qizi 3 oʻrinni, 413-oʻquv guruhi kursanti Muxtorova Farida Nurali qizi 1 oʻrinni;
havoskor oʻgʻil bolalar oʻrtasida 391a-oʻquv guruhi kursanti Islomov Suxrob Shokirjonovich 2 oʻrinni, 401- oʻquv guruhi kursanti Yuldashev Sarvar Ixtiyor oʻgʻli 1 oʻrinni;
oʻgʻil va qiz bolalar juftlik bahslarida 394-oʻquv guruhi kursanti Musaev Oʻktam Baxodirovich va 83721 harbiy qism kichik serjanti Raxmatova Xayotxon Soibjon qizi 2 oʻrinni, 411a-oʻquv guruhi kursanti Isroilov Samandar Qudratillo oʻgʻli va 98162 harbiy qism oddiy askari Arzieva Mohigul Ermatjon qizi 3 oʻrinni egallab, diplom, medal va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, 383-oʻquv guruhi kursani Karimov Ozod Alijon oʻgʻli, 411a-oʻquv guruhi kursanti Mirzaeva Shaxnoza Sherzod qizi, 401-oʻquv guruhi kursanti Ergashev Allanazar Axrorali oʻgʻli, 411b-oʻquv guruhi kursanti Qarshiboev Bunyod Ilxom oʻgʻli, 413-oʻquv guruhi kursanti Adxamova Muxlisa Adxam qizi gʻalabaga ishonchi uchun medallari bilan taqdirlandi.